Ijtimoiy tarmoqlarda Har kuni ish vaqtidan tashqari yig‘ilish" sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Farg'ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi o'rganish ishlarini olib bordi.
20.09.2022
Ijtimoiy tarmoqlarda Har kuni ish vaqtidan tashqari yig‘ilish" sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Farg'ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi o'rganish ishlarini olib bordi. Unga ko'ra bank xodimlaridan olingan tushuntirish xatlari va bankning xavfsizlik bo‘limida saqlanayotgan video tasvirlar orqali 5-7 sentyabr kunlaridagi soat 18-00 dan keyin bank boshqaruvchisi tomonidan yig‘ilish o‘tkazilganligi aniqlandi. Tuzilgan dalolatnoma va xodimlar tushuntirish xatlari ilova qilinadi.