Ijtimoiy tarmoqdagi “MUBORAK-EKO XAYOT” MCHJ tomonidan xodimlarga oylik ish haqi berilmaganligi bayon qilingan xabar bo’yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o’rganish o’tkazildi.

Unga ko’ra, “MUBORAK-EKO XAYOT” MCHJ tomonidan fuqaro T.Shomirzayev va jamiyatning 171-nafar ishchi va xizmatchilarining
2021-yil avgust oyi ish xaqlari to‘liq, sentyabr oyi ish xaqidan 55 foiz miqdoridagi ish xaqlari joriy yilning 28 oktabr kuni to‘lab berilganligi maʼlum bo‘ldi.
Shuningdek, jamiyat tomonidan fuqaro T.Shomirzayevning 2021-yil sentabr oyi ish xaqining 45 foizi va oktabr oyi ish xaqi jami 1 711 386 so‘m hamda jamiyatning 171-nafar ishchi va xizmatchilarining 222 275 857 so‘m miqdoridagi ish xaqlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-161 -moddalari talabiga ko‘ra to‘lab berilmaganligi sababli, mazkur ish haqlarini undirish masalasida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiriti.