Ijtimoiy tarmoqda “В г. Ташкенте всем садикам был спущен централизованный приказ для привлечения воспитателей к работам... ” sarlavhali maqola yuzasidan Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.

19.01.2023

 Ijtimoiy tarmoqda “В г. Ташкенте всем садикам был спущен централизованный приказ для привлечения воспитателей к работам... ” sarlavhali maqola yuzasidan Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.
Holatga aloqador xodimlardan tushuntirish xatlari olinganida, rahbariyat tomonidan bunday topshiriq berilmaganligini, o'z xohishlari bilan tozalash ishlarida qatnashganligini ma’lum qilishdi. Biroq, Mirobod tumanidagi 247-sonli DMTT mudirasi tomonidan Mehnat kodeksining 177-moddasiga  asosan xodimlarning lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilmagan boshqa ishlar bilan shug‘ullanishiga shart-sharoit yaratib berganligi aniqlandi. Unga ko'ra, mudiraga nisbatan MJtKning 49-moddasi 1-qism i bilan bazaviy xisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida ma’muriy ta’sir chorasi qo‘llanildi.
   
     O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlanadi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi, xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa Jinoyat kodeksining 
148-moddasiga ko‘ra jinoiy javobgarlik belgilanganligi haqida eslatib o‘tamiz.

Hurmatli fuqarolar!

Agar Siz majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz “1176” hamda “1092” raqamli “ishonch telefon”lariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Har bir ma’lumo't va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi ham zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

 

Majburiy mehnatga qarshi kurashish kichik komissiyasi