Hurmatli blogerlar, jurnalistlar va OAV vakillari diqqatiga!
Sizlarni 2019-yil 18-iyun soat 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ishtirokida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekistondagi ishsizlik sabablari, mehnat resurslarining sifati, shuningdek, majburiy mehnatga va mehnat migratsiyasi tizimidagi monopoliya va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar" mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumaniga taklif etamiz.
Anjuman ochiq muloqot shaklida o‘tkaziladi va mavzuga oid masalalar yuzasidan atroflicha ma'lumot beriladi.
Matbuot anjumanida ishtrok etish uchun vazirlik matbuot xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.
Murojaat uchun tel: +998 (90) 982 87 76 (Dilafruz Ikromova)
Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi