Har bir mehnat ixtiyoriy, majburiy mehnatga yo‘q deyish bu sizning huquqingizdir.

28.09.2022

Har bir mehnat ixtiyoriy, majburiy mehnatga yo‘q deyish bu sizning huquqingizdir.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda paxta yig‘im-terimi ishlariga turli soha xodimlari majburiy tarzda jalb etilayotganiga oid ayrim xabarlar tarqalmoqda.

Amaldagi qonunchiligimizga muvofiq majburiy mehnat taqiqlangan hamda unga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Majburiy mehnatga qarshi kurashish kichik komissiyasi tomonidan har qanday ko‘rinishdagi majburiy mehnatga jalb etish, ishchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarni zudlik bilan o‘rganilishi, bartaraf etilishi hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi nazoratga olingan.

Hurmatli yurtdoshlar, agar mehnat huquqlaringiz buzilsa yoki majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 71-200-06-00 Ishonch telefoniga Davlat mehnat inspeksiyasining “1176” qisqa raqamli ishonch telefoni hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat etishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Sizlar tomoningizdan berilgan har bir ma’lumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi hamda zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

 

Majburiy mehnatga qarshi

kurashish kichik komissiyasi