Germaniyaning “Mangold Consulting Gmbh” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
#Xalqaro_hamkorlik
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Germaniyaning “Mangold Consulting Gmbh” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligidagi vazirlik xodimlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari hamda kompaniya prezidenti Klaus Mangold va boshqaruvchi direktor, doktor Kristof Mangold ishtirok etdi.
Uchrashuvda mehnat migratsiyasi, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zbekistonlik fuqarolarni Germaniyada talab yuqori bo‘lgan ishlarga jalb qilish masalalari muhokama etildi.
➡️ Tadbir so‘ngida O‘zbekiston va Germaniya mehnat bozoridagi talab va takliflar mutanosibligi ta’kidlandi.