“GENDER TENGLIK FAOLI” MILLIY TANLOVI ISHCHI GURUHINING YIGʻILISHI

30.10.2020

2020 yilning 29 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan tashkil etilayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, vazirlik va idoralar, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari ishtirok etdilar.

Milliy tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda gender tenglikka erishish masalasiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Tanlovda joriy yil yakunlari bo‘yicha gender tenglikni ta’minlash sohasida yuqori natijalarga erishgan, ushbu yo‘nalishda jamiyat rivoji uchun tashabbus ko‘rsatayotgan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, tegishli yo‘nalishlarda dolzarb vazifalarni amalga oshirayotgan vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etadilar.