“Future Skills Uzbekistan” endi Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida

26.03.2021

Bugun Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki direksiyasi” MChJ hamkorligidagi qo‘shma “Future Skills Uzbekistan” loyihasi ishga tushirildi.

Loyiha axborot texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash professional tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Dastur doirasida respublikaning har bir hududidan 100 nafar maktab bitiruvchilari, abituriyentlar va  "Yoshlar daftari"da ro‘yxatga olingan ishsiz ishtirokchilarni axborot texnologiyalari mehnat bozorida  talab qilingan kasblarga o‘qitish nazarda tutilgan.