Fuqaro Mahmudjonova M. 2021 yil o‘qishni tamomlaganidan buyon ish topa olmayapti

15.08.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Mahmudjonova M. 2021 yil o‘qishni tamomlaganidan buyon ishsizligi, tegishli joylarga 2 yildan buyon murojat qilgani, ammo natija bo‘lmagani, ushbu masalada Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 3, 6, 12, 17, 11 va 45-maktablarga hamda bandlikka ham murojat qilganini ta’kidlab, unga ish topish borasida amaliy yordam berishlari haqida xabar  e'lon qilindi.

Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi ushbu murojaatni o’z nazoratiga oldi, oʻrganishlar natijasi haqida qo’shimcha axborot beriladi.