Eng asosiy maqsad – aholini ish bilan ta’minlash

07.10.2021

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkaziga press-tur tashkil etildi.

Quvvati bir vaqtning o‘zida 560 o‘rinli bo‘lgan “Ishga marhamat” monomarkazi sobiq Politexnika kasb-hunar kolleji o‘rnida tashkil etilgan. Monomarkaz faoliyat yuritayotgan binoni ta’mirlash va jihozlashda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 14 milliard 300 million so‘m va Jahon bankining 206 ming dollardan ortiq mablag‘lari jalb etilib, jixozlash ishlari WORLD SKILLS talablari asosida amalga oshirilgan.

Batafsil ➡️ https://uza.uz/uz/posts/eng-asosiy-maqsad-aholini-ish-bilan-taminlash_308816