Eksportbop dorivor o‘simliklarni yetishtirishni kengaytirish maqsadida bu sohaga kooperasiya va oilaviy tadbirkorlik uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va moliyalashtirish tartiblari tatbiq etiladi.
Moliya vazirligiga aholi tomorqasi uchun quduq qazishga qo‘shimcha 50 milliard so‘m ajratish topshirildi. Joriy yilda za’faron plantasiyalarini kamida 5 baravarga ko‘paytirish choralari ko‘riladi.
Endilikda dorivor o‘simliklarni qayta ishlaydigan korxonalar:
- 2025 yil 1 yanvarga qadar uskuna va ehtiyot qismlar, xomashyo importida bojxona bojidan ozod qilinadi;
- tayyor mahsulotlar eksporti uchun transport xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi;
- har 10 gektar plantasiyalarga suv chiqarish uchun 600 ming so‘mdan subsidiya ajratiladi;
- dorivor o‘simliklar plantasiyalariga boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangi loyihalarni boshlashga va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 100 mlrd. so‘m ajratiladi.
Yig‘ilish yakunida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.