Jizzax viloyati: Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aholi bandligi ta'minlanyapti

05.04.2020

2020-yil 2-aprel kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari N.Yakubov rahbarligidagi ishchi guruh Jizzax viloyati Yangiobod tumanida xizmat safarida bo‘ldi.

Safar davomida tumandagi «Yangiobod Baraka Chevarlari»MChJ tikuv-trikotaj korxonasida ishlayotgan ishchilar mehnat faoliyati bilan tanishdi va mavjud muammolarni o‘rgandi.

Mazkur korxonaga tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan yo‘llanma asosida fevral oyida ishsiz fuqarolar ishga yuborilgan va bugungi kunda ular 67 nafarni tashkil etadi.

Mazkur fuqarolar korxona mutasaddilari tomonidan tikuvchilik yo‘nalishida kasbga tayyorlangan, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 3 nafar xodim uchun feral oyida 2,7 mln so‘m subsidiya mablag‘i to‘lab berilgan.

Korxonaga tashrif davomida 64 nafar fuqaroni kasbga qayta o‘qitish xarajatlari uchun aprel oyining 7 sanasiga qadar Bandlikka kumaklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari tomonidan 57,0 mln so‘m subsidiya mablag‘i ajratish belgilandi.