Diqqat muhim xabar

16.07.2022

Ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar va aholi diqqatiga‼️

💻📱Shu kunlarda ayrim shaxsiy blog egalari, telegram kanallar xorijda ish taklif etuvchi eʼlonlarni o‘z veb kengliklarida chop etish holatlari uchramoqda.
Mazkur reklama tipidagi eʼlonlarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli litsenziyasini olmagan, xorijga ishchi kuchi jo‘natish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarning yolg‘on maʼlumotlari joylashtirilmoqda. Barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga shuni eslatamizki, o‘z nashringizda bunday xarakterdagi maʼlumotni joylashtirishdan avval, eʼlon egasining yuridik hujjatlarini tekshiring, aks holda huquqbuzarlikka sharoit yaratib berilishida hissador bo‘lib qolishingiz mumkin.