DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

14.12.2021

Oʼzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida"gi OʼRQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 259-sonli qaroriga asosan “Soflife Xususiy bandlik agentligi” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan Toshkent shahri, Yashnobod tumanida joylashgan Kunlik mehnat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida rekostruksiya qilish va foydalanish boʼyicha tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha kontseptsiyasi taqdim etilgan.

Mazkur loyiha, Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi Kunlik mehnat markazida tezkor aloqa xizmati orqali jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolarni vaqtincha ishlarga yollash bo‘yicha buyurtmalar olish, ishsiz fuqarolarni ayniqsa xotin qizlarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish, vaqtincha ishlarda ishlovchi fuqarolar uchun kamida 20 o‘rinli pulik xizmat ko‘rsatuvchi yotoqhona qurish, onlayn xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish uchun Markaz veb saytini yaratish, arzonlashtirilgan narxlarda xizmat ko‘rsatuvchi oshxona tashkil etish, asbob-uskunalarni ijaraga berish. 

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendr takliflarini 2022-yil 20-yanvar kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18:00 gacha topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.

Loyiha kontseptsiyasi. 

Qiziqish bildirish uchun soʼrov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mirobod ko‘chasi , 15-uy (info@mehnat.uz) Теl: 71-239-41-21 (224)

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi,
16-uy.

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz  AbduvoxidX@ppp.mf.uz Теl: 71-203-03-07 (701).

“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.