O'zbekiston delegatsiyasi Turkiyada

04.08.2021

O'zbekiston delegatsiyasi ayni paytda rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo’lib turibdi. Uning tarkibida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muhitdinov ham bo'lib, Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy ta'minot vaziri Vedat Bilgin bilan uchrashib, muzokaralar olib bordi.

Shu bilan bir qatorda, Vazirlik huzuridagi İŞKUR bandlikka ko'maklashish agentigi, Xalqaro mehnat migratsiyasi agentligi vakillari ishtirokida ham tadbir tashkil etilib, sohaga oid hamkorlik masalalari muhokama etildi.