Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi delеgatsiyasi shu kunlarda xizmat safari bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi.

20.04.2022

 Vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Tula Davlat universiteti va Tula Davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik fuqarolarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu ikki universitetda 160 nafar vatandoshlarimiz “Umumiy tibbiyot”, “Elektr energetikasi va elektrotexnika”, “Mashinasozlik” , "Kimyo", "Axborot tizimlari va texnologiyalari", "Iqtisodiyot" va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishadi. Uchrashuv yakunida, talabalarga O‘zbekistonga qaytgach ishga joylashishlarida ko‘maklashish maqsadida TDU Karyera rivojlantirish markaziga “Ish.mehnat.uz” O‘zbekiston milliy mehnat ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati berildi.