Davlat organi va tashkilotlarining shtat birliklarini maqbullashtirish jarayoni bo‘lib o‘tishi munosabati bilan ushbu tashkilotlardagi vakant lavozimlarga e’lon qilingan tanlovning barcha jarayonlarini to‘xtatish lozimligini ma’lum qilamiz.
27.12.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son Farmoni hamda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447 sonli qaroriga muvofiq, davlat organi va tashkilotlarining shtat birliklarini maqbullashtirish jarayoni bo‘lib o‘tishi munosabati bilan ushbu tashkilotlardagi vakant lavozimlarga e’lon qilingan tanlovning barcha jarayonlarini to‘xtatish lozimligini ma’lum qilamiz.