Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari Toshkent viloyatidagi "Munosib mehnat sharoitlarini yaratish – ish beruvchilarning burchi" mavzusidagi seminar doirasida "APK Chinoz" va "ABS Oqqo‘rg‘on agro klaster" MChJda bo‘lishdi.

04.08.2022

Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari Toshkent viloyatidagi "Munosib mehnat sharoitlarini yaratish – ish beruvchilarning burchi" mavzusidagi seminar doirasida "APK Chinoz" va "ABS Oqqo‘rg‘on agro klaster" MChJda bo‘lishdi. Bu erda ishchi xodimlarga munosib ish haqqi, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi talablariga javob beradigan ish joylari, maxsus kiyim-bosh, poyabzal, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari, sanitariya-gigiyena talablariga mos ovqatlanish, yuvinish, yechinib kiyinish va boshqa mayishiy xonalar bilan taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishildi.