Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

22.11.2021

Assalomu alaykum! O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
Vazirligining bugungi brifingida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT beramiz.
Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat, mehnatni muhofaza qilish va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish bo‘yicha davlat nazoratini olib boradi.

Xususan, 2021 yilning 10 oyi davomida vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasiga 20 814 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar xususiyatlari bo‘yicha:
- ish haqi va boshqa to‘lovlarni vaqtida to‘lamaslik 6329 ta;
- ish haqidan majburiy ushlab qolish 732 ta
- ishga qabul qilishda qonun buzilish xolatlari 765 ta
- ishga qabul qilishni rad etilganligi 723 ta
- noqonuniy ishdan bo‘shatilishi 2244 ta
- norasmiy ishlatish 1644 ta
- mehnat daftarchalari yuritilishidagi qonun buzilishi 378 ta
- ish vaqtiga rioya etilmaganligi bo‘yicha 279 ta
- baxtsiz hodisalar 144 ta
- tovon pulini to‘lamaslik 137 ta
- mehnat sharoitlari yaratilmaganligi 61 ta
- mehnatni muhofaza qilishga oid 238 ta
- boshqa maslalarga oid 6467 tani tashkil qiladi.
Murojaatlarning tekshirish natijada 10 441 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 12 152 tasi qanoatlantirilgan, 7832 tasiga tushuntirish berilgan.
Shu bilan birga, ish haqi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar yuzasidan 1506 nafar fuqarolarning ish haqlari undirib berilgan.

Mehnat va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha joriy yilning shu davriga qadar jami 22 698 ta korxonalarda 40 818 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha 8 431 ta yozma ko‘rsatma,
2088 ta taqdimnoma hamda 9 957 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy jarimaga tortilgan.

Bundan tashqari, vakansiya xamda ijtimoiy ximoyaga muxtoj shaxslar uchun kvotalangan ish urinlariga joylashtirish bo‘yicha monitoringlar olib borilganda ish o‘rni yashirgan va yaratimagan 3044 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Norasmiy ish o‘rinlarini rasmiiylashtirish borasida 275 171 ta ish o‘rinlari legallashtirildi va buning oqibatida fuqarolarning mehnat huquqlari tiklangan bo‘lib, ularning ish stajlari YAMMT tizimiga kiritildi.

Xisobot davrida jami hududiy isnpeksiyalar tomonidan 5226 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan, televideniyada 31 ta, radioda 43 ta, ijtimoiy tarmoqlarda 188 tani tashkil etadi. O‘tkazilgan o‘quv seminarlarda 99 728 ta fuqarolar ishtirok etgan.

Shu bilan birga Davlat mexnat inspeksiyasi tomonidan majburiy mehnatga va bolalar mexnatiga qarshi kurashish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilgan.

Joriy yilning 10 oyida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 62 nafar mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi bilan 736,1 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi, 18 ta holatda yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnomalar kiritildi hamda 1 ta holatda hujjatlar sud organlariga, 4 ta holatda prokuratura organlariga kiritildi.
Paxta yig‘im-terimi mavsumida jami 13 419 ta monitoringlar olib borilgan bo‘lib, mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198,4 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarima tayinlandi.

Bunda 5 ta holatda majburiy mehnat bo‘yicha, 21 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmaganligi, 25 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 14 ta holatda terim pullarining o‘z vaqtida to‘lamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 48 ta holat yuzasidan yozma ko‘rsatmalar kiritildi.


Mexnatni muxofaza kilish tolablari ta’minlash yuzasidan Qonunbuzilishlar sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda:

- xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va umumta’lim maktablarida 8386 ta
- maktabgacha ta’lim muassasalarida 6520 ta
- tibbiyot muassasalarida 2770 ta
- qurilish sohasida 2473 ta
- holatda qishloq xo‘jaligida 497 ta
- oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida 803 ta
- sanoat korxonalarida 679 ta
- transport sohasida 517 ta
- savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 229 ta holatlarda mansabdor shaxslar tomonidan xodimlarning huquqla ri buzilgan

Baxtsiz xodisalar bo‘yicha:

Joriy yilning 10 oyi davomida 558 ta sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar oqibatida 623 nafar xodim jabrlanib, shundan 166 nafar xodim halok bo‘lgan, 432 nafari og‘ir tan jarohati va 25 nafari yengil tan jarohati olgan.

Mazkur baxtsiz hodisalarning barchasi belgilangan tartibda maxsus tekshirish komissiyalari tomonidan tekshirildi, shuningdek tekshirish jarayonida baxtsiz hodisalarni kelib chiqish sabablari aniqlanib, baxtsiz hodisa oqibatida jabrlangan 623 nafar ishchi va xodimlarni qonuniy huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xulosalar qilindi.

Shu bilan birga, Davlat mexnat isnpeksiyasi tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud tartibida kiritilgan da’vo arizalar jami 1278 ta, shundan 934 ta holatda qanoatlantirilgan bo‘lib, ularda undirilgan ish haqlari va boshqa to‘lovlar 1,5 mlrddan ortiq so‘mni tashkil etadi.

Hurmatli fuqarolar!
Agarda ish beruvchilar tomonidan Sizning mehnat huquqingiz buzilayotgan bo‘lsa, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamiga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 71-200-06-00 Ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz sayti orqali o‘zingizning buzilgan mehnat huquqlaringizni tiklash uchun murojaat qiling.

Eslatib o‘tamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.