Davlat mehnat inspeksiyasi Namangan viloyatidagi majburiy mehnat holati bo‘yicha tekshiruv ishlarini o‘tkazmoqda
03.07.2019
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tekshiruv ishlarini o‘tkazmoqda. Natijalar bo‘yicha batafsil ma'lumot beriladi. Agar Siz mehnat huquqi buzilayotgan biror bir holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining +998 71 200-06-00 ishonch telefoni hamda @mehnathuquqbot Telegram boti orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaatchining shaxsi sir tutiladi.
Mehnat huquqimizni birgalikda himoya qilaylik!