Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qildi

11.03.2022

Cotton Campaign koalisiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qildi. Mazkur qaror 2021 yilda mamlakatda paxta yig‘im terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagani munosabati bilan qabul qilindi. Ilk bor o‘zbek paxtasiga 2009 yilda boykot e’lon qilingandi.

Cotton Campaign koalisiyasi o‘zbek paxtasiga boykot tugatilganini e’lon qildi. Mazkur qaror «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forumi» tomonidan 2021 yilda paxta terimida o‘tkazilgan mustaqil monitoring natijalariga asosan qabul qilingan. Hisobotda hukumat tomonidan tashkil qilinadigan majburiy mehnat holatlari aniqlanmagani qayd etilgan.

2009 yilda Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga boykot e’lon qilgan edi. O‘shandan beri 331 ta brend va riteyler kompaniyalari, jumladan, Adidas, Zara, C&A, Gap Inc., H&M, Levi Strauss & Co., Tesco va Walmart kabilar o‘zbek paxtasiga nisbatan boykotga amal qilish majburiyatini olgan.

«So‘nggi 12 yil davomida yuzlab kompaniyalarni o‘zbek paxtasidan voz kechishga undaganimizdan so‘ng, biz O‘zbekiston paxtasiga nisbatan boykotga amal qilish majburiyatini bekor qilish vaqti kelganini e’lon qilishdan mamnunmiz, — dedi Responsible Sourcing Network bosh direktori va Cotton Campaign asoschilaridan biri Patrisiya Yurevich. — Endi kompaniyalar o‘zlari mehnat huquqlariga amal qilinishini baholashlari va O‘zbekistondan paxta sotib olish bo‘yicha qaror qabul qilishlari kerak».

Batafsil 👉 http://darakchi.uz/uz/140581