Chet davlat fuqarolari va ish beruvchilar diqqatiga!

28.11.2022

Chet davlat fuqarolari va ish beruvchilar diqqatiga!

❗️ So‘nggi vaqtda ayrim ish beruvchilar tomonidan chet davlat fuqarolarini noqonuniy tarzda yollash kuzatilmoqda.

✅Mamlakatimizda bu borada belgilangan tartib mavjudligini eslatib o‘tamiz.

Vazirlar Mahkamasining "Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida"gi 86-sonli (https://lex.uz/uz/docs/5871129) qarorining 20-ilovasiga muvofiq chet davlat fuqarosiga O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma olish talab etiladi.
Barchani qonunlarga rioya qilishga chaqiramiz va mazkur tartibga amal qilmaslik huquqiy oqibatlarni yuzaga keltirishi haqida ogohlantiramiz!

‼️ Eslatma!
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish fuqarolarga — BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 10 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, fuqarolarga — BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.