Buxoro viloyatida Joriy yilning birinchi choragi davomida 1642 nafar ishsizlar, jumladan, 1360 nafari vazirlik tassarufidagi o‘quv muassasalariga o‘qishga yuborildi.

13.12.2022

Buxoro viloyatida Joriy yilning birinchi choragi davomida 1642 nafar ishsizlar, jumladan, 1360 nafari vazirlik tassarufidagi o‘quv muassasalariga o‘qishga yuborildi.
Hozirgi kunda Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkaziga 639 nafar tinglovchi kasb-hunar o‘rganmoqda.
Monomarkazda 8 ta xizmat turi (servis va xizmat ko‘rsatish sohasi - 12 ta kasb, texnik sohasi - 7 ta kasb, qurilish sohasi - 2 ta kasb, qishloq xo‘jaligi sohasi - 3 ta kasb), xorijiy til o‘rgatish, raqamli texnologiyalami o‘rgatish, tadbirkorlikka o‘qitish va migratsiya xizmatlari) bo‘yicha jami 27 turdagi kasbga o‘qitish, 4 ta xorijiy (Rus, ingliz, koreys, yapon) tillami o‘rgatish hamda Tadbirkorlik asoslari shuningdek, migratsiya ko‘niktirish markazi faoliyati yoTga qo‘yilgan. Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida 2022 yil 4-15 fevral kunlari 123-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-intematda tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan 28 nafar o‘quvchilar bilan ekskursiya o‘tkazildi. Ekskursiya davomida ular monomarkaz faoliyati hamda o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqdi. O‘quvchi nogironlar orasidan 7 nafari “Qandolatchi”, 2 nafari “Uqalovchi”, 6 nafari “Elektrik” va 5 nafari “Oshpaz” yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirdi va hozirgi kunda 8 nafari “Qandolatchi” 2 nafari “Uqalovchi”, 7 nafari “Elektrik” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qimoqda.
Jumladan, bolalarga, bemorlarga hamda doimiy ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ulami parvarish qilish yo‘nalishlari bo‘yicha 146 nafar ishsizlar vazirlik tassarafidagi o‘quv muassasalarida kasb o‘rganmoqda.