Buxoro viloyati “Neftgazqurilishta’mir” AJdagi holat yuzasidan rasmiy munosabat

01.06.2021

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda “Neftgazqurilishta’mir” AJ “1-son KMB” UK xodimlarining oylik ish haqlari to‘lanmay kelinayotganligi to‘g‘risida xabar https://www.facebook.com/groups/127663087931436/permalink/788257135205358/ tarqaldi.

🔰Buxoro viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan holat o‘rganilganida, hozirgi kunda korxona bank hisobida qarzdorlikka oid kartoteka (k-2) mavjudligi, korxona bajargan pudrat ishlari bo‘yicha pul mablag‘lari olishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi, shu sababli xodimlarning maoshlari to‘lanishi kechikayotganligi aniqlandi.

✅ Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan korxona rahbariga nisbatan ikki marotaba – 2021 yilning yanvar va may oylarida O‘zbekiston MJTKga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

♻️ Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudi korxona barcha xodimlarining joriy yilning yanvar, fevral, mart va aprel oylari uchun oylik maoshlari va unga tenglashtirilgan jami 426 976 537.24 so‘mlik to‘lovlarni undirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarilgan va ijro uchun Bosh Prokuratura huzuridagi MIB Romitan tuman bo‘limiga yuborilgan va korxona hisob-raqamiga band solingan.

❇️Hozirgi kun holatiga ko‘ra, korxonaning mart va aprel oylari uchun 172 504 996 so‘mlik oylik ish haqi to‘lanishi zarur bo‘lgan pul mablag‘lari ijro holatida bo‘lib, korxonaning bank hisob raqamiga pul mablag‘lari aylanmasi mavjud bo‘lganda to‘lab berilishini ma’lum qilgan.