Bugun vazir Nozim Xusanov Qibray tumanidagi sobiq Energetika kolleji binosini ko‘zdan kechirdi
07.07.2021
Tez kunlarda ushbu kollej binosi kasb-hunarga o‘qitish markaziga aylantirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u yerda ishsiz fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi.
TUMANNING IXTISOSLASHUVI VA DRAYVER YO‘NALISHLARI QUYIDAGILAR:
- Sanoat;
- Xizmat ko‘rsatish va servis;
- Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish.
Yo‘nalishlar bo‘yicha amaliyotda ishlagan tajribali ustalar tanlab olinadi va malakasi xorijdan mutaxassis jalb qilish orqali oshiriladi.