Bugun odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari, tegishli vazirlik, idoralar mutassaddilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

06.05.2022

Bugun odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri – Majburiy mehnatga qarshi kurashish kichik komissiyasi raisi Nozim Xusanovning ma'ruzasi tinglandi. Jumladan vazir, majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilganligi shu bilan birga, endilikda munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi loyihalar hamda joriy yilgi o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan monitoring ishlari xaqida batafsil axborot berdi.