Bugun kunning birinchi yarmida O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Ulsan shahri meri Kim Du Gyum bilan uchrashdi.
01.12.2022
Bugun kunning birinchi yarmida O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Ulsan shahri meri Kim Du Gyum bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekiston fuqarolarini qo‘shimcha ravishda ishga jalb qilish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun: Ulsanda 3 mingdan ortiq fuqarolarimiz shu hududdagi korxonalarda mehnat faoliyatlarini olib borishmoqda.