Bugun kunning birinchi yarmida "Man to Man" rekruting kompaniyasi rahbariyati bilan muzokara o'tkazildi.
24.08.2022
Bugun kunning birinchi yarmida "Man to Man" rekruting kompaniyasi rahbariyati bilan muzokara o'tkazildi.
Unda bandlik va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi sohasida, shuningdek xorijiy tillarni o'qitish hamda vazirlik tizimida olib borilayotgan ishlar haqida keng taqdimot qilindi.
Ma'lumot uchun: "Man to Man" kompaniyasi 32 yil mobaynida faoliyat olib boradi.
Ushbu tashkilot rekrutingdan tashqari autsorsing, HR xizmatlarini ko'rsatadi va o'z platformasi orqali e'lon joylashtirib, yiliga 26 ming nafar turli davlat fuqarolarini ishga joylashtirishga ko'maklashadi.