Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov
28.03.2022
Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Rossiya Federatsiyasi Federal tibbiy-biologik agentligining Toshkent shahridagi vakolatxonasi rahbari A. Cherkasov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasining qurilish korxonalarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun
10 ming nafar O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilish bo‘yicha 2021-yil sentyabr oyidan boshlangan Pilot loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihaga jalb qilinayotgan fuqarolar sonini oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha bugungi kunda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlar muhokama qilindi.