BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda yoshlar bandligi bo‘yicha yangi loyiha ishga tushirildi

13.05.2019

Bugun 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida yoshlar bandligi masalasiga doir muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligidagi vazirlik mas'ullari bilan BMT bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturi Yevropa va MDH davlatlari hududiy byurosi direktori Miryana Egger rahbarligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar bandligi, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash singari masalalar haqida fikr almashildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bandligi bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalinib, bu borada tomonlar kelgusida o‘zaro tajriba almashish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab borishga kelishib oldi.

Kunning yana bir muhim voqyealaridan biri – O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish” loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Tadbirni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov, BMT bosh kotibi yordamchisi, BMT TD  Yevropa va MDH davlatlari hududiy byurosi direktori Miryana Egger, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev ochib berdi.

Marosimning asosiy qismida BMT Taraqqiyot dasturining barqaror rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Xurshid Rustamov tomonidan “O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish” loyihasi taqdim etildi. Taqdimotda loyiha yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, kutilayotgan natijalar haqida ma'lumot berildi. 

IMG_2535

IMG_2511

IMG_2542

IMG_2528

IMG_2578

IMG_2548

IMG_2586

IMG_2549