Baxtsiz hodisalarni hisobga olish

19.01.2023

 Baxtsiz hodisalarni hisobga olish

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, tashkilotlarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yo‘qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o‘tishi zarur bo‘lsa, N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

 Ish beruvchi tekshirish tugaganidan so‘ng 3 sutkadan kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi N-1 shaklidagi dalolatnomani berishi kerak.

Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirish hamda hisobga olish, N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgardir.

 N-1 shaklidagi dalolatnoma bo‘yicha rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz hodisalar hisobotga hamda uch ish kuni ichida «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritiladi.

 Yo‘riqnoma  bilan tanishish uchun

 Qo‘shimcha ma'lumot uchun: 71 200 06 00