Baxodir Umurzakov Toshkent viloyatida sayyor qabul o'tkazdi

21.08.2021

#sayyor_qabul

Vazir o‘rinbosari Baxodir Umurzakov ishtirokida Bekobod tumanidagi Kasb-hunarga o‘qitish markazida aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

 Qabulda ishga joylashtirish, subsidiya ajratish, imtiyozli kredit olish hamda kasbga o‘qitish, bo'yicha fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, markazda tahsil olayotgan fuqarolar bilan suhbatlashib, taklif va tavsiyalar berildi.