Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan mablag‘lar

25.08.2020

2020-yilning 7 oyi davomida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan 32 mingdan ziyod ishsiz fuqaroga subsidiyalar berildi. Shu jumladan, buning hisobiga 3 381 nafar shaxslar tadbirkorlikka jalb etildi, 194 ta ish beruvchiga mehnat organlari yo‘llanmasi bilan ishga olingan 2 530 nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi uchun 5 mlrd so‘mdan ziyod moddiy ko‘mak ajratildi.

Shuningdek, jamg‘arma tomonidan 31 mingdan ziyod ishsizlarga 12 mlrd 421 mln so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi. 

 photo_2020-08-25_13-58-46