Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov, vazirlik va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining boshqarma boshliqlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori Pyer fon Arks, shuningdek, YeXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan samarali ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, 2021-2022 yillarda O‘zbekistonda YeXHT loyihalarini amalga oshirish borasida kelgusida vazirlik bilan hamkorlikda tashqi mehnat migratsiyasi va migrantlarning reintegratsiya masalalari bo‘yicha umumiy summasi 250000 yevroni tashkil etuvchi loyihalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya kilish, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga reintegratsiya jarayonida ko‘maklashish, Markaziy Osiyo davlatlarining tegishli idoralari bilan hamkorlikda tashqi migratsiyasi sohasidagi yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.