Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

26.02.2021

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov boshchiligidagi ishchi guruh va KOICAning O'zbekistondagi ofisi direktori Sunjin Pak, direktor o'rinbosari Mingyeong Song ishtirok etdi.

Tadbirda Farg'ona va Urganch shaharlarida kasb-hunarga o'qitish markazlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, Farg’ona shahridagi markazni shu yilning iyun oyida foydalanishga topshirilishi ma’lum qilindi. 

Bundan tashqari, vazirlik tomonidan Urganch shahrida ochilishi rejalashtirilayotgan markazda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ham ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. 

Shu bilan birga, Urganch shahridagi markaz loyihasini boshlash maqsadida joriy yil mart oyida koreyalik ekspertlarning O’zbekistonga kelishini tashkil etish bo’yicha kelishuvga erishildi.