Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Islom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

09.04.2021

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E. Muxitdinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ekspertlari, Islom taraqqiyot bankining Iqtisodiy imkoniyatlar Departamenti direktori N.Galib hamda Iqtisodiy huquq hamda imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha katta mutaxassisi L.Ouattara ishtirok etdi.

Tadbirda “O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi “EEFU” loyihasi xususida so‘z yuritildi. Mazkur loyiha maqsadi mayda, kichik hamda o‘rta bizneslarni rivojlantirish uchun yagona platforma tashkil etish bo‘lib, O‘zbekistonda ish o‘rinlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlash, shu bilan bir qatorda, mamlakatimizda kambag‘allikni kamaytirishga hissa qo‘shishdan iboratdir.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bandlik va kasb-hunarga o‘qitish sohalarida amalga oshirilgan ishlar haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tildi.