Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va mahalliy hokimlik organlari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tuman Bo‘ston mahallasida joylashgan "ART SOFT" to'qimachilik korxonasida "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi.

22.11.2022

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va mahalliy hokimlik organlari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tuman Bo‘ston mahallasida joylashgan "ART SOFT" to'qimachilik korxonasida "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi. Uning yakuniga ko'ra 10 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi va 54 nafari tekstil korxonalariga yo‘llanma oldi.

Bundan tashqari yarmarkada ishtirok etgan 28 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi va uy sharoitida oilaviy tadbirkorlikni boshlash niyatida bo‘lgan murojaatchilarga tijorat banklari tomonidan kredit ajratish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.