Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma'lumoti

24.01.2020

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik tomonidan o‘tkazilgan videoselektorga asoslanib, Mehnat vazirligida mehnat qonunchiligiga amal qilinmayotgani xususida xabarlar tarqaldi.

2020-yilning 1-yanvaridan mehnat munosabatlarini tartibga solishda yangi Yagona milliy mehnat tizimi amaliyotga joriy etildi. Buning natijasida mehnat shartnomalari elektron tarzda tuzilib, mehnat daftarchasi elektron yuritila boshlandi. Yagona milliy mehnat tizimini joriy etish butun Respublika bo‘ylab davom etyapti. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning kadrlar bilan ishlovchi mutaxassislarida esa ayni tizim bo‘yicha qator savollar yuzaga kelishi tabiiy. Ularning murojaatlariga atroflicha javob berish, shuningdek, Yagona milliy mehnat tizimini samarali amalga oshirish, ma'lumotlar bazasining tez va sifatli shakllanishini ta'minlash maqsadida 22 yanvar kuni soat 17.00da videoselektor  yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Mazkur yig‘ilish 17.58 da tugagan. (Quyida buni tasdiqlovchi suratlar ilova qilingan).

ярмаркааа 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shu va vazirlik faoliyatiga oid boshqa axborotlar haqqoniyligini o‘rganishni, tekshirilmagan axborotlarni tarqatmaslikni hamda  o‘quvchilardan asoslanmagan ma'lumotlarga ishonmaslikni so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, vazirlik faoliyatiga oid barcha axborotlarni bizning qo‘yidagi rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali olishingiz mumkin.

Telegram kanali: https://t.me/mehnatvazirligi

Feysbuk sahifasi: https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/

Instagram sahifasi: https://www.instagram.com/mehnat_vazirligi/

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati