Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 3 oy muddatga mo‘ljallangan uy xo‘jaligi bekasi kasbi bo‘yicha ish o‘rinlarini tashkil etdi

05.04.2020

COVID-19 infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan karantin va cheklov tadbirlarining mehnat bozori va mehnat munosabatlariga salbiy ta'sirini kamaytirish, shuningdek, yolg‘iz va yordamga muhtoj aholi qatlami, qariyalar va imkoniyati cheklangan shaxslarning salomatligini asrash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 3 oy muddatga mo‘ljallangan uy xo‘jaligi bekasi kasbi bo‘yicha ish o‘rinlarini yaratmoqda.

Bunda talabgorlar taom tayyorlashi, uy-joylarni tozalashi va qariyalar xamda nogironlarni parvarish qilishlari lozim. Kunlik ish vaqti 4-5 soat, ish haqi eng kam hisoblash bazasining 4 baravari miqdorini tashkil etadi.

Maoshlar bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Asosiy talablar qarovchi ilgari sudlamagan bo‘lishi lozim.

Yosh chegarasi: 25–55 yosh.

Rus tilini bilish nomzodlarga ustunlik beradi.