Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
16.03.2021
Birinchi manzil Quyichirchiq tumanidagi “Beruniy” MFYdagi 100 dan ortiq xotin-qizlar bandligini ta’minlab kelayotgan “New miss wise” MChJ bo‘lib, u yerdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
Bundan tashqari Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi hisobidan barpo etilgan “Mehnat guzari”da bo‘sh turgan xonalardan tadbirkorlarga ajratib berish, pirovardida “Ayollar daftarida”gi ishsiz xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida subsidiya ajratishga kelishildi.
Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumani “Tolovul” MFY hududida tashkil etilayotgan “Ishga marhamat” monomarkazi o‘quv xonalaridagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.