Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinch o'rinbosari Erkin Muxitdinov Rossiya Federatsiyasi Quruvchilarning Milliy uyushmasi (Нострой) Prezidenti Anton Glushkov hamda uyushma ma'sullari bilan muzokara o'tkazdi.

26.04.2022

#Xalqaro_hamkorlik

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinch o'rinbosari Erkin Muxitdinov Rossiya Federatsiyasi Quruvchilarning Milliy uyushmasi (Нострой) Prezidenti Anton Glushkov hamda uyushma ma'sullari bilan muzokara o'tkazdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar tartibli migratsiya, kasb-hunarga o'qitish istiqbollari hamda Ozbekiston va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi Pilot loyihasi doirasida xorijiy ishchilarning malakasini tasdiqlash mexanizmini yaratish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun: "Quruvchilarning Milliy uyushmasi" (NOSTROY) 1-Umumrossiya Kongressining qarori bilan rekonstruksiya qilish va qurishni amalga oshiradigan shaxslarning a'zoligi asosida 2009-yilning 10-noyabrida tashkil etilgan. NOSTROY bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining 74 ta mintaqasida, shu jumladan Qrim Respublikasida ham faoliyat yurituvchi 224 ta o'z-o'zini tartibga soluvchi tashkilotlarni o'z ichiga olgan, qurilish sohasidagi eng yirik uyushma hisoblanadi.