Band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish orqali kambag‘allikni qisqartirishga erishilmoqda

27.05.2020

Respublikamiz tumanlarida kasb-hunar kollejlari asosida kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etilib, band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishlari olib borilmoqda. Muhimi bunda o‘qish mutlaqo bepuldir. Maqsad aholi bandligini ta'minlash ularning bandligini ta'minlashda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Joriy yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzakov Andijon viloyati Ulug‘nor tumanidagi kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘lib, olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mavjud sharoit bilan tanishar ekan, holatni yanada yaxshilash va ta'mirlash ishlarini jadallashtirish, buyurtmalarni shakllantirib, kasbga o‘qitish ishlarini tashkillashtirish yuzasidan tavsiyalar berdi. 

photo_2020-05-27_21-55-46 

photo_2020-05-27_22-12-25 

photo_2020-05-27_22-12-30