Bayonot

06.05.2019

2019-yil 3-may kuni “Ozodlik” axborot xizmatiga Namangan viloyati hududidan kelib tushgan “Mehnat vazirligi banklar oldiga noqonuniy talab qo‘ydi” sarlavhali murojaatga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qo‘yidagicha izoh berdi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi "Har bir oila – tadbirkor" dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 3777-son qarori bilan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta'minlash belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur dastur doirasida kreditlar ajratish tartibi ishlab chiqilib, Vazirlar Maxkamasining 3022-sonli Nizomi bilan tasdiqlangan. Unga ko‘ra kreditlarni rasmiylashtirish va berish tartibi umumlashtirilgan holda quyidagi ko‘rinishga ega:

Agar qarz oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, kredit olish uchun bankka faqatgina 3 ta hujjat taqdim etadi. Bular:

1. Ariza;
2. Pasport nusxasi;
3. Jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining ta'minoti sifatida hudud sektor rahbarining imtiyozli kreditlash bo‘yicha tavsiyanomasi;
Bunda tijorat banklari kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalashi belgilab berilgan.

Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tijorat banklari jismoniy shaxslardan kredit olish maqsadida yozdirib olayotgan tilxat va hujjatlar  “Har bir oila – tadbirkor” dasturi va Nizomida belgilanmaganligi va jismoniy shaxsdan talab qilish asossiz ekanligini ma'lum kiladi.

Shuningdek, murojaatda “kreditlar kimga, qancha miqdorda, qaysi ta'minotchiga ajratilgani to‘g‘risidagi ma'lumotni Mehnat vazirligi saytiga joylashni talab qilishayapti” aytib o‘tilgan va bunga javoban quyidagilarni ma'lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan viloyati va tuman (shahar)larda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etilgan bo‘lib, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida tizimli nazorat mexanizmini va yagona boshqaruv axborot bazasini yaratish uchun http://otrm.mehnat.uz/ maxsus yagona axborot portali ishlab chiqildi. Respublika ichki ishlari va Davlat soliq qo‘mitasi bazasi bilan integratsiya qilingan bu kompleks axborot portal OTR markaz (front ofis)lariga o‘rnatilgan bo‘lib, kredit oluvchilar o‘z shaxsiy kabineti orqali so‘rovnomalarni avtomatik to‘ldirish bilan birga, fuqarolarga qulaylik yaratish imkonini beradi. Ushbu yagona axborot kompleks bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilmaydi. Bu axborot portaliga kirish huquqi OTR markazining belgilangan xodimlarigagina berilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunning 5-6-moddasi “Bank sirining oshkor qilinishini taqiqlash” bandi bilan tanishtirilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosini sifatli tashkil etish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish doirasida xalqimiz uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirishni samarali tashkil etish hamda ochiq, oson va shaffofliligini ta'minlash borasidagi faoliyatini faol davom ettiradi.