Ayni damda poytahtimizdagi

31.03.2022

Ayni damda poytahtimizdagi "Hilton"mehmonxonasida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) , Odam savdosiga qarshi kurashish milliy komissiyasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ishtirokida "O'zbekistonda munosib mehnatni ilgari surish: Insonga yo'naltirilgan yondashuv amalda" mavzusida xalqaro forum bo'lib o'tmoqda. Tadbir davomida 2021-yildagi ikki tomonlama hamkorlik yakunlarini sarhisobi, shuningdek joriy yilda forum davomida belgilangan yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va amaliy harakatlar rejasini muhokama qilish belgilangan.