Ayni damda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Buyuk Britaniya hukumati bilan hamkorlikdagi “Iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni damda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Buyuk Britaniya hukumati bilan hamkorlikdagi “Iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” (EGED) dasturi doirasida “Yangi Mehnat kodeksi - munosib mehnat va biznes imkoniyatlari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Unda vazir Nozim Xusanov, hukumat idoralari rahbarlari, Jahon banki vakillari, shuningdek, O‘zbekistondagi boshqa xalqaro tashkilotlar, xorijiy elchixonalar xodimlari ishtirok etishyabti.
Ma’lumot uchun: Mehnat kodeksini yangi tahrirda ishlab chiqish jarayonida Xalqaro mehnat tashkilotining 94 ta konvensiyasi o‘rganildi, 63 dan ortiq xorijiy davlatlarning tajribalari tahlil qilindi. Tarkibiy jihatdan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2 qism,
7 bo‘lim, 34 bob va 581 moddadan iborat (amaldagisi 294 moddani o‘z ichiga oladi).