#avtomobilsizbirkun

22.09.2021

Bugun, 22 sentyabr – jahon miqyosida avtomobilsiz kun sifatida nishonlanmoqda.

Har yili shu kuni dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida piyoda va velosipedda harakatlanishga targ‘ib qiluvchi aksiyalar tashkil etiladi.

Vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mavjudaxon Mirzayeva ham bu kun munosabati bilan ishga velosipedda bordi.

U velosipedda harakatlanish qon aylanishini yaxshilab, asab sistemasi faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o'tdi.

Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan #avtomobilsizbirkun heshtegi ostida vazirlikda sog'lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi tadbirlar tashkil qilindi.