Avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish

16.03.2020

Toshkent shahardagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazidagi kasblar bilan tanishing!

#KOICA
#Kasbga_o‘qitish

Uzog‘imizni yaqin qiladigan eng yaxshi ko‘makchimiz ba avtomobillardir. Bugungi kunda ularning soni ancha ortgan. Shungdek ba'zan “erkalik” qilib qolsa, bir pasda usta qidirib qolamiz. Toshkent shahardagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazida shu kabi avtomobil ta'mirlovchi kasb egalarini ham tayyorlaydi.

 

Avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish

 

Bu yo‘nalishda avtochilangarlar, motorchilar, avtomobillar diagnostikasi sohasidagi mutaxassislar tayyorlanadi.

O‘qish muddati 6 oyni tashkil etib, bu davr mobaynida nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahkamlangan holatda olib boriladi. Bundun tashqari yana 2 oy davomida o‘rganuvchilar tegishli tashkilotlarda amaliy mashg‘ulot ham olib borishadi.

Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar, o‘qish istagini bildirganlarning ixtiyoriy tanloviga muvofiq, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) bepul amalga oshiriladi

 

Тошкент Коика 1  

Тошкент Коика  

 

Вазирликнинг расмий саҳифалари 👇

Facebook

Instagram 

Telegram