Angor tumanida kooperativ tashkil etildi

12.03.2020

Qishloq joylarida aholi bandligini ta'minlash maqsadida tuman markazidan uzoqda joylashgan, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanmagan hududlarda kooperativlar tashkil etilyapti.

 Mazkur loyiha asosida qishloqlarda istiqomat qiladigan 17 mingdan ortiq kambag‘al aholining daromadlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

photo_2020-03-11_20-18-05

Har bir kooperativ o‘zida 50 kishini birlashtiradi.
Ularning samarali ishlashi uchun shart – sharoitlar yaratish va ta'minlash ko‘zda tutilgan.

photo_2020-03-11_20-18-11

 Surxondaryo viloyatining Angor tumanida navbatdagi kooperativ tashkil etildi. Endilikda u aholiga sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish yo‘lida xizmat qiladi.