Andijonda yangi "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyat boshladi

19.06.2021

Nozim Xusanov: "Bunday markazlarni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz- nafaqat ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitib, sertifikat berish, balki ularni mehnat bozorida raqobatbardosh kasbni o‘zlashtirgan, yuqori malakali mutaxassis sifatida yetishtirishdir". 

Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Andijon shahar “Ishga marhamat” Monomarkazi ochildi.

Monomarkaz ochilish marosimida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abduraxmonov, xorijiy ekspertlar va keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

 Loyiha qiymati 15.0 mlrd so‘mni tashkil qilgan monomarkazda yiliga 4480 nafar o‘quvchi “World skills” ishchi kasblar standartlari asosida o‘qitiladi.