Andijon viloyati suv xo‘jaligi ishchilari majburiy mehnatdan jabr ko‘rayotgani yuzasidan rasmiy munosabat

28.07.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati suv xo‘jaligi ishchilari majburiy mehnatdan jabr ko‘rayotgani, ular muntazam ravishda zimmasiga kirmaydigan ishlarga rahbarlari tomonidan jalb qilinayotgani, ayanchlisi, tomchilatib sug‘orish tizimi loyqa suv yaxshi filtrlanmagani hisobiga to‘lib qolayotgani, ko‘chat tagiga tommay qolayotgani, kechki soat 19:00 dan tungi 02:00 gacha telefon fonarlarini yorug‘ida har bir naychasni tekshirib chiqishga majburlanayotgani haqida xabar tarqalgan. 

Ushbu holat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi  rahbariyati tomonidan nazoratga olinganligini ma'lum qilamiz..  Tezkor ishchi guruh tashkil qilinib, vaziyat o'rganilmoqda.
 
       Bu haqida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.